Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Deputatlar hududdagi infratuzilma obyektlarida o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Faxriddin Navro‘zov 20-Mahtumquli saylov okrugi hududida bo‘lib, mahalla ichki yo‘llari, ko‘chalarning holati va tungi yoritish tizimi bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan qarorlari ijrosi joyida ko‘zdan kechirildi.
Xususan, tumandagi "og‘ir" toifaga kiritilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, jumladan, Mahtumquli mahallasidagi Pillakor, Halovat va Yangi avlod ko‘chalari jami 3,6 kilometr ichki yo‘lning yangi asfalt qoplamasi bilan ta’mirlangani o‘rganildi. Ishlarning sifati va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda deputatlar tomonidan olib borilayotgan jamoatchilik nazoratini yuqori baholab, mamlakatimizda hududlarni obod etish va aholi farovonligini oshirish yo‘lida yaratilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarga, shuningdek, viloyat va tuman rahbariyati hamda mas’ullarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Slide 1 of 7