Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Chilonzor tumani Elektr ta’minoti korxonasi rahbari Sh. Umarov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Chilonzor tumani "Beshqo‘rg‘on" MFY hududidagi 3-tor Chorbog‘ ko‘chasida istiqomat qilayotgan qariyb 150 ta xonadonning elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolari ko‘tarilgan.

Qayd etilishicha, mazkur hudud aholisi bugungi kunga qadar elektr energiyasi bilan Zangiota tumaniga qarashli eskirgan elektr uzatish tarmog‘i orqali ta’minlanib kelmoqda. Natijada elektr energiyasida tez-tez uzilishlar, kuchlanishning pasayishi hamda maishiy texnikalarga zarar yetkazish xavfi yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, hududda foydalanilayotgan ochiq turdagi eski transformator xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi fuqarolar hayoti va salomatligi uchun ham xavf tug‘dirmoqda.

Deputatlik so‘rovida mavjud shahar elektr tarmog‘idan foydalanish orqali mazkur ko‘chadagi xonadonlarni yangi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulash imkoniyatini o‘rganish, zarur amaliy choralarni ko‘rish, elektr kabeli tortish hamda aholini xavfsiz, sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasini qisqa muddatlarda hal etish so‘ralgan. Shuningdek, ko‘rilgan choralar va o‘rganish natijalari yuzasidan belgilangan muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etish talab qilingan.

Mazkur deputatlik so‘rovi fuqarolarning murojaatlari asosida ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududdagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini barqaror va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1