Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Kengash_faoliyati

🏛 #ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_xodimi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimoʻminovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat tadbiri davomida Bandixon tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati oʻrganilib, Oʻzbekiston Respublikasining "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida"gi Qonuni, "Ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida"gi Qonuni hamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi holati yuzasidan tahlillar olib borildi.

Xususan, nogironligi boʻlgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy xizmatlar, imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralarining amalda taʼminlanishi, fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy himoya choralarining manzilliligi oʻrganildi.

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:

nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy nafaqalarning qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda tayinlanishi;

reabilitatsiya texnik vositalari (nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa yordamchi vositalar) bilan taʼminlanish darajasi;

markazda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat koʻrsatish sifati hamda xodimlarning xizmat odobi va kasbiy etikaga rioya etishi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan masʼul xodimlarga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, qonun hujjatlari ijrosini toʻliq taʼminlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan zarur choralar koʻrish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1