Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Kengash_faoliyati

🏛 #24_ta_masala

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari X.Abdimo'minov va B.Yo‘ldoshev deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda amaliy o‘rganishlar olib bordilar.

O‘rganishlar davomida yo‘l infratuzilmasi, ko‘cha yoritilishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Bandixon tumani IIB JXX YHXB boshlig‘i N. Bekmatov tomonidan tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Amaliy o‘rganishlar jarayonida mahallalardagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimining mavjudligi va samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Natijada ayrim hududlarda ko‘cha yoritgichlarining yetarli emasligi, yo‘l belgilarining kamligi hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholining xavfsiz harakatlanishi uchun mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1