Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
EHTIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini ta'minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda ta'mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Shoira Qo‘ziyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov hamkorligida "Sharqguli" mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan ehtiyojmand fuqaro Mengliqulova Qurbongul xonadoniga tashrif buyurildi.O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta'mirlash ishlarining hajmi, tayyorgarlik jarayonlari va mavjud ehtiyojlar joyida ko‘zdan kechirildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Kengash qaroriga muvofiq tumandagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a'zosi bo‘lmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uylarini ta'mirlash hamda energiya samaradorligini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltirilgan.
Joylardagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Asosiy maqsad — ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, inson qadrini ulug‘lash va aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishdan iborat.

Slide 1 of 3