Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida amalga oshirilayotgan “Tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati E.Erkaboyev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Yo‘l xarita”ning 9-bandida belgilangan 39-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv sinflarni tashkil etish vazifasi ijrosi yuzasidan "Boboyurt" mahallasida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

Monitoring jarayonida maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun zarur tashkiliy va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilgani, biroq inklyuziv ta’lim uchun mo‘ljallangan alohida sinf xonasi hali tashkil etilmagani maktab mas’ullari tomonidan ma’lum qilindi.

Mazkur masala yuzasidan inklyuziv sinf xonasini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish hamda “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5