Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Biriktirilgan tashkilotda qonun ijrosi o‘rganildi

Biriktirilgan tashkilotda qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati N.Alimovlar tomonidan Mudofaaga ko‘maklashuvchi Qiziriq tumani “Vatanparvar” tashkilotiga tashrif buyurilib, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ–900-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, o‘quv jarayonining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda qonun ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda tegishli tartibda taqdim etish yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi. O‘rganish yakunida tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4