Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat saylovchilarga 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan axborot berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan "Saodat" saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov ishtirok etib, deputatlik faoliyatini tashkil etish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahallada "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan faoliyat haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, deputatning huquq va vakolatlari, saylovchilar bilan ishlash tizimi hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonunchilik targ‘ibotini kuchaytirish masalalari yuzasidan saylovchilar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2