Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tumanning Markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida go‘sht, un, o‘simlik yog‘i, shakar, guruch, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring hamda boshqa asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar zaxirasi va savdo jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, mahsulotlarning kelib chiqishi, ta’minot uzluksizligi va narx shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan fikr almashildi.

Monitoring jarayonida xaridorlar bilan ham suhbat o‘tkazilib, ularning narxlar, mahsulot sifati va savdo xizmatidan qoniqish darajasi o‘rganildi. Bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning saqlanish sharoitlari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 4