Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Oilaviy shifokorlik punktida yaratilgan sharoilar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev va kotibiyati mudiri J.Sadirov tomonidan “Xondoyliq” oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Ushbu muassasa O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi tomonidan o‘rganilib, mukammal ta’mirlash ishlariga Kengashning tegishli qaroriga asosan tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar ajratilgan edi.

Bugungi o‘rganish davomida binoning ichki va tashqi qismida bajarilgan ta’mirlash ishlari, qabul xonalari, muolaja va emlash xonalari, laboratoriya, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Muassasada shifokor va hamshiralari muassasaning mukammal ta’mirlash ishlari natijasida tibbiyot muassasasining qiyofasi tubdan yangilangani, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy hamda qulay muhit yaratilganini alohida ta’kidladilar. Shu bilan birga, yaratilgan mehnat sharoitlari, zamonaviy tibbiy uskunalardan samarali foydalanish, dori-darmon ta’minoti, elektron tibbiy xizmatlar hamda aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Slide 1 of 7