Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tumandagi 10-Nurbuloq saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi.

Mazkur o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining **2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli "2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"**gi qarori ijrosi doirasida mahalla hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, hududda barpo etilayotgan ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi obyektlarida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, ularning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq amalga oshirilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda qurilish jarayonining tashkiliy holati o‘rganildi.

Shuningdek, qurilish obyektlarida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5