35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O'.Tojieva tomonidan shahar yoshlari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari, deputatning huquq va majburiyatlari, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda saylovchilar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlik so‘rovi yuborish tartibi, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar hamda yoshlarning qonun ijodkorligi va jamoatchilik nazoratidagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, deputatlik faoliyati, davlat boshqaruvida yoshlarning ishtiroki hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha javob oldilar.

Uchrashuv yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda deputatlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6