35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-МАМАЙ САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СОҲИЛ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ ЯНГИ МАКТАБ ҚУРИШ МАСАЛАСИНИ КЎТАРДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИЛИШИ БОШЛАНДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ВА ЁШЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР БОШЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
Kengash_faoliyati

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 19-Quduqsoy saylov okrugidan saylangan deputat G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi Tangimush oilaviy oilaviy shifokorlik punkitidaga tashrif buyurib, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 29-avgust, 265-I-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazildi. Unda muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, hisobini yuritish hamda dori-darmon ta’minotidagi mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1