35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
"Temiryo‘lchi" mahallasidagi Sherobod ko‘chasi yo‘l muammosi deputat nazoratiga olindi!

O‘zaro muloqotlar va ko‘chalarni ko‘zdan kechirish davomida "Temiryo‘lchi" mahallasidagi Sherobod ko‘chasining ichki yo‘li ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.

🟢Yo‘lning nosozligi sababli yozgi issiq kunlarda chang ko‘tarilishi, yog‘ingarchilik mavsumida esa loy bo‘lib, ko‘cha transport vositalari va aholi harakatlanishi uchun  qiyinchilik tug‘dirayotgani kuzatildi.

🟢Yo‘lning abgor holati deputat X.Fayzullayevning "murojaat daftari"ga nazoratga olinishi uchun batafsil qayd etildi.

Yo‘lni joriy ta’mirlash, tekislash va asfalt yotqizish choralarini ko‘rish maqsadida shahardagi  mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

💬"Bizning asosiy maqsadimiz — aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish va muammolarni bevosita joyida ko‘rib hal etishdir. Sherobod ko‘chasidagi ushbu yo‘l ta’mirlanib, fuqarolarimizga munosib sharoit yaratilmaguncha bu masala deputatlik nazoratimizda qoladi," — dedi deputat X.Fayzullayev.

🫥Aholi farovonligi va ko‘chalarimiz obodligi yo‘lidagi amaliy o‘rganishlar davom etadi!

Slide 1 of 2