35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Deputat sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Navbatdagi tashrif doirasida deputat Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida shahardagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat huquqlarini himoya qilish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar tinglandi.

📊 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy davr mobaynida:

🔹 200 nafar tibbiyot xodimi va ularning oila a’zolariga sog‘lomlashtirish maqsadida sihatgohlarga yo‘llanmalar ajratilgan;
🔹 300 nafardan ortiq xodimlarning farzandlari yozgi bolalar oromgohlariga bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlangan;
🔹 1 000 nafardan ortiq tibbiyot xodimiga turli ijtimoiy holatlaridan kelib chiqib moddiy yordam ko‘rsatilgan.

🤝 Muloqot davomida kasaba uyushmalarining mehnat qilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari alohida e’tirof etildi.

💬 Deputat Abbos Hazratqulov tibbiyot xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mehnat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

📋 Yakunda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda tibbiyot xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini o‘rganish, aholi manfaatlarini ta’minlash va amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3