35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan tuman deputat F.Axmedov tomonidan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, raqamli boshqaruv tizimlari hamda bemorlarga qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida poliklinikada joriy etilgan D-Med axborot tizimining ishlash tartibi, bemorlarni elektron ro‘yxatga olish, elektron tibbiy kartalarni yuritish, shifokorlar qabul jadvali va elektron navbat tizimining amaldagi holati bilan tanishildi.

🔺Shuningdek, elektron navbat monitorlari orqali bemorlarning qabulga chaqirilishi, navbatlarning shaffofligi, kutish vaqtining qisqarishi hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar joyida ko‘zdan kechirildi. Qabul jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik va tashkiliy muammolar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashildi.

🔺O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolarning fikr-mulohazalari ham tinglandi. Bildirilgan taklif va murojaatlar tahlil qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2