35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov, viloyat deputati G.Abdullayeva, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoronqul” mahallasidagi mavjud muammolar, xususan kanalizatsiya tarmog‘ini qurish masalasi yuzasidan mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

🔺Muhokama davomida mahalla aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilinib, ayniqsa kanalizatsiya tarmog‘ini qurish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, mazkur infratuzilmaning mavjud emasligi aholining turmush sharoitiga, sanitariya-gigiyena holatiga hamda atrof-muhit tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

🔺Suhbat davomida kanalizatsiya tizimini barpo etish uchun zarur texnik imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan axborotlar tinglandi. Muhokama yakunida deputatlar mazkur masalani nazoratga olishlar, uning yechimi bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishlarini ma’lum qildilar

Slide 1 of 3