35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Deputat biriktirilgan tashkilot faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 17-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Mustafo Sadatov o‘ziga biriktirilgan Angor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida markaz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali ko‘rib chiqish tizimi, ehtiyojmand oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, markazda yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.

Muloqot davomida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda fuqarolarga qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim amaliy ishlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 2