35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Kotib

O‘zbekiston bo‘ylab har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Bu prezidentning 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Darxon” mahallasi yoshlar yetakchisi bilan mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi. Faoliyat jarayonidagi ayrim muammolar yechimi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida “Darxon” mahallasi yoshlar yetakchisi yoshlarni tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish hamda ular faoliyatiga subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilishda hokim yordamchisi bilan bevosita hamkorlik qilinayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha suhbatlashildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari muhokama qilinib, mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish borasida qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ishtirok etdi.

Slide 1 of 6