35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Qoziguzar mahallasida mahalla infratuzilmasi va dolzarb masalalar o‘rganildi

Qoziguzar mahallasida mahalla infratuzilmasi va dolzarb masalalar o‘rganildi

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi yuzasidan Qoziguzar mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

💬 O‘rganish davomida mahalla raisi Muxtabar Xasanova bilan suhbat o‘tkazilib, mahalladagi ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritish, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

📝 Suhbat davomida mahallada 22 ta ko‘cha, 506 ta xonadon mavjudligi hamda 4 194 nafar fuqaro istiqomat qilishi qayd etildi. Shuningdek, hududda o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashilib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3