35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Buyuk Turon mahallasida mehnat yarmarkasi va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tashabbusi bilan Yunusobod tumanidagi "Buyuk Turon" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun mehnat yarmarkasi hamda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir mahalla yettiligi, mutasaddi tashkilotlar va tegishli soha vakillari hamkorligida o‘tkazildi.

📝 Tadbir davomida mahalla aholisining bandligini ta’minlash, ayniqsa ishsiz fuqarolar va yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga oid maslahatlar berish hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

👩‍⚕️ Shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida malakali shifokorlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilib, fuqarolarning sog‘lig‘i tekshirildi, zarur tavsiyalar berildi hamda ehtiyojmand fuqarolarni keyingi bosqichlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘llanmalar rasmiylashtirildi. Bu orqali aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Tadbir davomida mahalla yettiligi faoliyati, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududdagi dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

✅ Mazkur tadbir Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari – aholi bandligini ta’minlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, mahalla yettiligi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning turmush darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5