35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА «ОҒИР» МАҲАЛЛАЛАРДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ҲУДУДДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРДИ
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ВА ФАРМОН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАН СУДЛАРИ УЧУН ҚУРИЛАЁТГАН ЯНГИ БИНОДА ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ.
янв.21
45-СОНЛИ МАКТАБДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov hamda tuman hokimining o‘rinbosari A.Ziyatov tomonidan tumandagi 21-saylov okrugi hududida joylashgan 59-son umumta'lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️Mazkur o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori ijrosi doirasida maktab hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

➡️Xususan, yangi o‘quv binosining qurilish jarayoni, bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmi, qurilish materiallari bilan ta'minlanganlik, ishlarning belgilangan loyiha va grafik asosida olib borilishi, qurilish sifati hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari yuzasidan mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

➡️Shuningdek, qurilish ishlari davomida mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, qurilishning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

➡️Ta'kidlanganidek, mazkur loyiha foydalanishga topshirilgach, o‘quvchilar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va xavfsiz ta'lim muhiti yaratilishi, ta'lim sifati hamda o‘quv jarayonining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 5