35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
OQTEPA MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI 👇👇👇👇

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va hududdagi mavjud muammolari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Oqtepa mahallasida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3