35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Axborot-kutubxona markazidagi IT markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Axborot-kutubxona markazi huzurida faoliyat yuritayotgan IT markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazda yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, kompyuter texnikalari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, IT markazida raqamli texnologiyalarni o‘rgatish, kompyuter savodxonligini oshirish, dasturlash va zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, texnik bazani mustahkamlash, o‘quv mashg‘ulotlari sifatini oshirish hamda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3