35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон тумани маркази ва Обод маҳалласини боғловчи йўлда пиёдалар учун қулай ва хавфсиз йўлак барпо этилмоқда
янв.21
ҚОРАПОЛВОН ЗИЁРАТГОҲИ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тиллатепа маҳалласида 3,2 километр ички йўл асфальтланди
янв.21
Тиллатепа маҳалласида электр таъминотини яхшилаш бўйича ишлар жадал давом этмоқда
янв.21
КУТУБХОНА ФАОЛИЯТИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАРТИБИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Қораполвон ва Радивон маҳаллаларини боғловчи кўприк қурилиши: ишларнинг бориши ва мавжуд масалалар ўрганилди
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ ФИЛИАЛИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Янгиқўрғон туманида доимий комиссиялар қарорлари лойиҳаларини тайёрлаш бўйича амалий семинар ўтказилди
#deputat_faoliyati

Deputat tomonidan elektr tarmoqlari holati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 7-Ibn Sino saylov okrugidan saylangan deputat E.Tursunov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar tomonidan saylov okrugi hududidagi elektr ta’minoti infratuzilmasi, xususan, elektr simyog‘ochlarining texnik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida hududdagi mavjud elektr simyog‘ochlari ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati tahlil qilindi. Jarayonda ayrim simyog‘ochlar muddati o‘tgani va yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi. Bunday holatlar elektr ta’minotining barqarorligi hamda aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
🔹Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida yaroqsiz elektr simyog‘ochlarini bosqichma-bosqich almashtirish yuzasidan tegishli ijroiya organlari va mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni tizimli hal etish va ijroiya organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5