Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yo‘lni kengaytirish masalasi yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Hafizov Jo‘rabek O‘ktam o‘g‘li tomonidan 21-Turon saylov okrugi hududidagi "Yoshlik" mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yo‘lni kengaytirish loyihasi yuzasidan fuqarolarga batafsil ma’lumot berildi. Xususan, loyiha doirasida ayrim turar joylar va yordamchi inshootlar buzilish hududiga tushayotgani, barcha ishlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob va huquqiy tushuntirishlar berildi. Xususan, kompensatsiya to‘lovlari, mulkni baholash, ko‘chirish bilan bog‘liq tartib-taomillar hamda loyihani amalga oshirish bosqichlari yuzasidan zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Uchrashuv yakunida yo‘lni kengaytirish loyihasini amalga oshirish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar bilan doimiy muloqotni davom ettirish hamda yuzaga keladigan masalalarni qonunchilik asosida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2