Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
DMED dasturining amaliyotga joriy etilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan 6-son oilaviy poliklinikada DMED dasturidan foydalanish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot xodimlari tomonidan elektron tizimdan foydalanish holati, bemorlar ma’lumotlarini kiritish va yuritish tartibi, elektron yo‘llanmalarni rasmiylashtirish, dastur orqali hisobotlarni shakllantirish hamda tizimning amaliyotdagi samaradorligi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, DMED dasturi bilan ishlashda uchrayotgan muammo va kamchiliklar, texnik ta’minot hamda internet sifati bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — raqamli texnologiyalarni sog‘liqni saqlash tizimiga samarali joriy etish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyatining shaffofligi va tezkorligini ta’minlashdan iboratdir.

Slide 1 of 1