Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida joylarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan deputatlik nazorati tadbiri Paxtakor mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyatini joyida tahlil qildi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2