Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov saylangan hudud hisoblangan
Baynalminal mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganishlar davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish,
ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish,
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini
aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil
qilindi.


Shuningdek, "Ayollar daftari" bilan ishlash, ehtiyojmand
xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, oilalarda sog‘lom ma’naviy
muhitni mustahkamlash, huquqbuzarlik va tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini
olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar holati ham o‘rganildi.


O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar va hal etilishi lozim bo‘lgan
masalalar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi. Aniqlangan
muammolar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf
etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar
belgilash hamda ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.
 

   

Slide 1 of 6