Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT SO‘ROVI QANOATLANTIRIDI. “BESHQO‘RG‘ON” MFYDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI YANGILANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zMTDP a’zosi Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan aholi murojaatlari asosida Chilonzor tumani “Suvsoz” tarmoqlari boshqarmasiga yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Mazkur deputat so‘roviga Chilonzor tumani “Suvsoz” tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i Bahodirov Lazizbek Bahodirovich tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputat so‘rovida “Beshqo‘rg‘on” MFY hududidagi 4-tor Karvonsaroy ko‘chasida joylashgan eskirgan ichimlik suvi tarmog‘i sabab yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarilgan edi. Xususan, avariya holatiga kelgan quvurlardan suv sizib chiqishi natijasida ko‘chada doimiy namlik va suv to‘planishi kuzatilayotgani, bu esa aholi uchun noqulaylik tug‘dirishi hamda hududda rejalashtirilgan obodonlashtirish va yo‘l-qurilish ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

Deputat tomonidan yuborilgan so‘rovning amaliy ijrosi fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish yo‘lidagi muhim natijalardan biri bo‘ldi. Amalga oshirilgan yangilash ishlari ilova qilingan chizmada ham aks ettirilgan.

Unga ko‘ra, “Beshqo‘rg‘on” MFY Karvonsaroy 4-tor ko‘chasi bo‘ylab diametri 110 mm, umumiy uzunligi 150 pogon metr bo‘lgan ichimlik suvi quvurlari to‘liq yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi hamda kelgusida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlarini sifatli amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratildi.

Slide 1 of 5