Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
DEPUTAT TASHRIFI: KO‘ZI OJIZLAR KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 12-Bunyodkor saylov okrugidan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi orqali saylangan deputat Jumayeva Feruza Ruzikulovna tumanda joylashgan ko‘zi ojizlar kutubxonasiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi ijrosini, ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda boshqalar bilan teng ravishda ishtirok etish huquqlari tumanda qay darajada ta’minlanayotganini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Mazkur qonun moddasida davlat ko‘zi ojiz shaxslar uchun qulay shakldagi madaniy materiallardan, xususan, Brayl alifbosidagi va audio kitoblardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratishi shartligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Tashrif davomida deputat kutubxonaning bugungi faoliyati, kitobxonlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, qonun talablariga mos ravishda Brayl alifbosidagi hamda audio kitoblar fondining holati bilan yaqindan tanishdi. Imkoniyati cheklangan fuqarolarning madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning bilim olishi va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun qulay, to‘siqlarsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida qonunchilikda belgilangan imtiyoz va huquqlardan kelib chiqib, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlar safini kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4