Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#boshqaruv_kompaniyalari

🏢 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va uylardagi holat deputatlar e’tiborida

Nurafshon shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi #boshqaruv_kompaniyalari ishining samaradorligini aniqlash maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboyev hamda deputat A.Tursunbayevlar ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlar) va yerto‘lalarining texnik holati;
✅ Atrof-muhit tozaligi va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqilishi;
✅ Uylar atrofidagi maydonlarning tungi yoritilishi va obodonlashtirilgani.

O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Aholi to‘layotgan majburiy badallar evaziga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qoniqarli bo‘lishi shartligi yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3