Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Deputatlarning 2026-yil II chorakdagi saylovchilar bilan hisobot uchrashuvlari reja-jadvali yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri axborot berdi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi tomonidan deputatlarning 2026-yil II choragi davomida saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berish uchrashuvlarini tashkil etishga oid qaror mazmuni haqida batafsil axborot berildi.

Qayd etilganidek, mazkur qaror bilan deputatlarning saylovchilar bilan hisobot uchrashuvlarini belgilangan muddatlarda o‘tkazish reja-jadvali tasdiqlanib, uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish, ularni o‘tkazish tartibi, mas’ul tashkilot va idoralarning vazifalari hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmlari belgilab berilgan.

Shuningdek, hisobot uchrashuvlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qilish, deputatlarning aholi bilan ochiq va bevosita muloqotini ta’minlash, saylovchilar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va takliflarni atroflicha o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Ta’kidlanganidek, mazkur hisobot uchrashuvlari deputatlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholi bilan doimiy muloqotni rivojlantirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1