Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova tomonidan Mingbuloq mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktiga tashrif amalga oshirildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova tomonidan Mingbuloq mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punktiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, mavjud shart-sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan mehnat sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, deputat tibbiyot muassasasi rahbariyati va xodimlari bilan muloqot qilib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammo va takliflarini tingladi. Aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida aniqlangan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4