Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi

Deputat so‘rovi asosida muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullayevna tomonidan aholi murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘rovi ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar olib borildi.

Natijada hududdagi piyodalar yo‘lagi ta’mirlanib, unga yangi asfalt qoplamasi yotqizildi. Mazkur ishlar fuqarolar, ayniqsa, keksalar, yoshlar va bolalarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoit yaratdi.

Aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda hududlarni obodonlashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilgan ushbu ish fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, ularning hayot sifatini yanada yaxshilash yo‘lidagi samarali hamkorlikning amaliy natijasidir.

Bu kabi ezgu va amaliy ishlar kelgusida ham davom ettirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4