Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#huquqiy_axborot_soati

⏺️O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan mazkur Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy huquqiy asoslardan biri hisoblanadi.

💬 Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida shaffoflikni ta’minlash hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashdan iboratdir.

💬 Qonunda “Korrupsiya”, “Manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalar belgilab berilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, tizimlilik va javobgarlikning muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilgan.

💬 Shuningdek, hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlarining vazifalari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki aniq belgilangan.

💬 Qonun davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tizimli choralarni ham nazarda tutadi. Jumladan, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish kabi muhim mexanizmlar joriy etilgan.

💬Xulosa qilib aytganda, ushbu Qonun jamiyatda adolat, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 1