Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Dehqonobod mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati G‘. Boysariyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi B. Panjiyev tomonidan 1-Dehqonobod saylov okrugi hududida joylashgan Dehqonobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar hamda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, bandlikni oshirish va amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2