Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, amaliy yordam masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-"Yangi obod" saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy muammolari va ehtiyojlari yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi.

Jumladan, Qutlug‘ qadam ko‘chasi 36-uyda yashovchi fuqaro М.Qurbonovа turmush o‘rtog‘ining onkologik kasallik bilan davolanayotgani sababli zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlanishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.

Shuningdek, murojaatchi o‘g‘li Qurbonov Abduqodirga Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida Yoshlar ishlari agentligi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi ko‘magida haydovchilik guvohnomasini olishida amaliy yordam berishni so‘radi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish maqsadida belgilangan tartibda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mazkur murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4