Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Chimboyliq” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori I.Obidov faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida aholiga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilish, soliq to‘lovchilarning muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Uchrashuv davomida soliq inspektori tomonidan mahallada o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qonuniy faoliyatga jalb etish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish, soliq intizomini mustahkamlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi.

🔺Shuningdek, aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, soliq imtiyozlari va mavjud imkoniyatlar yuzasidan keng tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Slide 1 of 1