Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Mahallada ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi PQ-343-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning “Bo‘ston” mahallasida joylashgan 3-suv ko‘tarish inshootida amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganishlar davomida hududda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, eskirgan quvurlarni almashtirish hamda oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Deputat tomonidan aholi murojaatlarida ko‘p uchraydigan suv bosimining pastligi, ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar hamda oqova suv tarmoqlarining texnik holatiga alohida e’tibor qaratib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4