Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z.Esirgapova hamda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan D.Saidova Uyas mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va yoshlar bandligi masalalarini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida mahallada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan har bir tashabbus — kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevordir.