👤 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova “Qoraqo‘yli” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
🔹 Suhbat davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ Mahalladagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.