Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Aholi muammolari tinglandi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirova tomonidan tumanning “Qoronqul” mahallasida aholi vakillari bilan fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar hamda kundalik hayotda uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirdilar. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Vakolatli tashkilotlar ishtirokida joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish belgilandi.

Slide 1 of 2