Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov o‘z saylov okrugidagi “Sog‘lom” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov o‘z saylov okrugidagi “Sog‘lom” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvni mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A. Anarchayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida deputat o‘tgan davrdagi deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot berib, Hukumat qarorlari hamda davlat dasturlari doirasida mahallada amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, ko‘chalarni asfaltlashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi muhim masalalar o‘z yechimini topgani, shuningdek, shahar miqyosida olib borilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mahalla faollari bugungi kunda hududda yirik muammolar deyarli mavjud emasligini alohida ta’kidladilar. Bu esa mahallada olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan mahalladagi chorva mollari uchun yaylov yer ajratish masalasi ko‘tarildi. Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, mahalla raisiga tegishli tavsiyalar bildirildi hamda masala ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, hududdagi mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish va aholi manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4