Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Yoshlar bandligi va sport infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov tomonidan Zuhro mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar siyosati va sport infratuzilmasi holatini o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli to‘garaklar va ijtimoiy loyihalarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻrganish jarayonida mahalladagi aholi va bolalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan sport inshootlarining mavjudligi, ulardagi sport anjomlari hamda jihozlarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, hududdagi “Mehnat” stadioni bugungi kunda zamonaviy qiyofa kasb etayotgani, unda olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari natijasida aholining, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish yo‘lidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6