Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Qonun ustuvorligi mahallada: "Ma’rifat" mahallasida yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati A.Mustafakulovning saylov okrugiga qarashli “Ma’rifat” mahallasida bo‘ldi.

💬O‘rganish davomida mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari asosida atroflicha tahlil qilindi:

💬Yoshlar yetakchisi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, yoshlar yetakchisining quyidagi yo‘nalishlardagi ishlari o‘rganildi:
🟢Mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish holati;
🟢Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va to‘garaklarga qamrab olish darajasi;
🟢“Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatilayotgan tizimli yordamlar samaradorligi.

💬Profilaktika inspektori faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida profilaktika inspektorining faoliyati ko‘rib chiqildi:
🟢Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ko‘rilayotgan choralar;
🟢Aholi, ayniqsa, yoshlar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari;
🟢Mahalladagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xonadonbay ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi.

💬O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla hududida jinoyatchilikdan xoli muhitni yaratish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga amaliy tavsiyalar va aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2