Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda

“Qahramon” MFYda 330 o‘rinli yangi maktab va sport zali qurilishi davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 7-Qahramon saylov okrugi deputati S.Xakimov bilan birgalikda Termiz tumanining “Qahramon” MFY hududida barpo etilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan qurilish ishlari sifati, belgilangan reja va muddatlarga rioya etilishi hamda obyektda yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida 330 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali qurilishi amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda qurilish-montaj ishlari jadval asosida barqaror davom etmoqda. Mutasaddilar tomonidan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yangi ta’lim maskani foydalanishga topshirilgach, “Qahramon” MFY hududida yashovchi o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim sharoitlari yaratiladi, yoshlarning bilim olish imkoniyatlari kengayadi hamda ta’lim sifati yanada oshadi.

Slide 1 of 7