Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – inson salomatligi davlat himoyasida

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun – inson salomatligi davlat himoyasida

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sifatli tibbiy yordam olish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan asosiy huquqiy hujjatlardan biridir. Mazkur qonun ilk bor 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

💠 Qonunga ko‘ra, har bir fuqaro malakali tibbiy yordam olish huquqiga ega.
💠 Davlat aholining sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratishni kafolatlaydi.
💠 O‘zbekistonda davlat, xususiy va boshqa tizimlarni o‘z ichiga olgan yagona sog‘liqni saqlash tizimi faoliyat yuritadi.

Qonunda shuningdek, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini tibbiy qo‘llab-quvvatlash masalalari belgilangan.

🫥 Inson salomatligi – jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Shu bois har bir fuqaro o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan yondashishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi va qonunda belgilangan huquq hamda majburiyatlarni bilishi muhimdir.