Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi qaroriga asosan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Qo‘qon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holatini tahlil qilish va sohaga oid vazifalarning amalda bajarilishini baholash maqsadida tashkil etildi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan markaz faoliyati doimiy komissiya qarori bilan tasdiqlangan maxsus savolnoma asosida o‘rganilib, qonun talablarining bajarilishi, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda nazorat mexanizmlarining samaradorligi yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish davomida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, profilaktik tadbirlar tashkil etilishi, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va jamoat salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul mutaxassislar tomonidan ishchi guruhga tegishli hujjatlar, statistik ma’lumotlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinishi, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3