Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi hamda xotin-qizlar maslahatchisi ishtirokida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni hal etishning amaliy mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar maslahatchisi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarini bartaraf etish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida “Oltin vodiy” MFYda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqaro Obidova Mahliyoxon Rahimjon qizining yashash sharoiti ko‘zdan kechirildi. Xonadon ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlanib, uni ta’mirlash uchun zarur moddiy yordam ko‘rsatildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar deputat tomonidan batafsil o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar deputatning shaxsiy nazoratiga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq muddatlar va mas’ullar belgilab olindi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3